Toshkent Politexnika muzeyi haqida...

Muzey Toshkent shahri markazidaga “O‘zavtosanoat” kompaniyasining yangi binosida joylashgan.
Uning ekspozitsiyasi uch bo‘limdan iborat:

  1. Jahon avtomobilsozlik tarixi
  2. O‘zbekiston avtomobil sohasi tarixi
  3. Interaktiv amaliy mashg‘ulot

Haqiqiy «Folksvagen qo‘ng‘iz», «Moskvich-400», GAZ-13 «Chayka»ni ko‘rishni xohlaysizmi?
Muzey ekspozitsiyasi taqdim etadigan jahon avtomobilsozligining nodir namunalari ro‘yxati bular bilangina cheklanmaydi.
«Jahon avtomobilsozligi tarixi» bo‘limi ekspozitsiyasida insoniyatning buyuk kashfiyoti – g‘ildirakning ixtiro qilinishi tarixi bilan tanishish;
tezkor harakat davrining darakchilari bo‘lmish ilk avtomobillar maketlarini ko‘rish; seriyali ishlab chiqarilgan birinchi avtomobil tarixidan boxabar bo‘lish mumkin.

Политехнический музей, Ташкент

Muzeyning «O‘zbekiston avtomobilsozligi tarixi» ekspozitsiyasi O‘zbekiston avtomobilsozligi tarixining ahamiyatga molik barcha voqeliklarni aks ettiradi.
Faqatgina bizning muzeyda turli yillar mobaynida «General Motors Uzbekistan» konveyeridan chiqqan birinchi o‘zbek avtomobillari taqdim etiladi.
Ular orasida kapotiga O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov dastxat qoldirgan mashinalar alohida o‘rin tutadi.
“Spark avtokomponentlari” ekspozitsiyasida bu mashinaning barcha detallari namoyish etilgan.
Ko‘rgazmada 3D-mapping tomosha usulidan foydalanilgan.

Политехнический музей, Ташкент

Interaktiv amaliyot» bo‘limida fan va texnika olamiga qiziqarli sayohat qilishingiz, matematika, fizika, astronomiyaga oid
bilimlaringizni mustahkamlashingiz mumkin. Odatdagidan boshqacha bo‘lgan muzeyimizdagi har bir eksponat o‘zida fizikaning
u yoki bu qonunini namoyish etuvchi qurilmani mujassam etadi. Bu yerda siz nafaqat muzeylardagi kabi eksponatlarni ko‘rishingiz,
balki ularni ushlab, qimirlatib, yig‘ib ko‘rishingiz mumkin.

Ташкентский Политехнический Музей - обзор

Muzeyda Interaktiv: Robototexnika darslari, Kinder Club darslari, Avia va Raketa modelashtirish darslar ham mavjud.