"Toshkent Registon" arxitektura majmuasi bilan tanishing!

 

Oʻrta Osiyoning ilk oʻrta asr shaharlarida sobor masjidi, bozorlar, savdo doʻkonlari va boshqa inshootlari boʻlgan jamoat maydonlari odatda Registon deb atalgan.

#fakt Bunday nomdagi maydonlar Samarqand, Buxoro, Shahrisabzda ham bor.

Qayerda joylashgan?

Toshkent Registoni qadimgi Shahriston hududida, Chorsu bozori va Xoja Ahror Valiy sobori masjididan uncha uzoq boʻlmagan joyda, Koʻkeldosh madrasasi qurilgan (XVI asr) yaqinida joylashgan edi.

Toshkent Registonini nima birlashtiradi?

 Toshkentning Registoni nafaqat muhim fuqarolar yig‘inlari maskani, balki o‘zida marosim, tarbiyaviy va savdo-sotiq vazifalarini ham o‘zida mujassam etgan.