Buxoro bozorlari – Toshkent, Samarqand, Qo‘qon bozorlariga nisbatan anchayin qiziqarliroq deb hisoblangan. «Buxoro bozorlari – ensiz, qing‘ir-qiyshiq ko‘chalardan, tomi qamish to‘qimalar yoki yog‘och va shox-shabbalar bilan yopilib, usti somonli loy bilan shuvoqlangan omonat do‘konlardan iborat.
Yana tom o‘rtasi to‘rtburchak shaklida yorug‘lik va havo kirib turishi uchun teshib qo‘yilgan. Ensiz yo‘lakchalar kichik-kichik gumbazli maydonchalar vositasida bir-biri bilan birikadi. Ana shu maydonchalar aylana bozorlarni tashkil qiladi. Ko‘cha va yo‘lakning har ikki tomonida hovlilar, do‘konchalar, karvonsaroylar, hunarmandlik muassasalari – egarchilar, taqachilar, temirchilar, miskarlar, kumush zargarlari, novvoyxonalar va boshqalar bir-biriga qapishib turgan holda joylashgan. Bozorning har bir ko‘chasiga bir xil mahsulotlar nomi berilgan. Masalan, qizil qatorga kirsangiz, siz faqat: chitlar, bo‘zlar, ro‘mollar, sallalar, belbog‘lar kabi Rusiyada ishlab chiqarilgan tovarlarga duch kelasiz; adras qatorida esa – faqat mahalliy ipak, yarim ipak matolar va baxmal; mis qatorida esa – miskarlar ustaxonalari va rastalarida ular yasagan mis idish-tovoqlar; mayda-chuydalar qatorida – faqat Rusiyada yoki mahalliy sharoitda tayyorlangan mayda-chuydalar; dorixonalar va hokazo. Oshxona va restoranlar alohida mavzu. Ular choyxona ko‘rinishida bozorlarning hamma tomonlarida qizg‘in faoliyat yuritishadi. Ularda ochiq o‘txona va o‘choqlarda kabob, qovurdoq, chuchvara tayyorlashadi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.