Toshkent teleminorasi kecha va bugun...

Toshkent teleminorasining asosiy vazifalari tele va radioeshittirishdir.

Minoradan kelayotgan signal butun shahar boʻylab tarqalib, Toshkent viloyatini qamrab oladi va
Sirdaryo viloyatiga, hatto Qozogʻistonning ayrim janubiy viloyatlariga ham kirib boradi.

“Toshkent teleminorasi” va uning yuzlab hodimlari muhim vazirliklar o‘rtasida kechayu-kunduz aloqani ta’minlaydi,
turli tijorat tashkilotlari ishini eng zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etadi.

Shuningdek, teleminora hududida Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazining meteorologiya stansiyasi joylashgan.

Toshkent teleminorasining balandligi 375 metrni tashkil qiladi.
Bu Markaziy Osiyodagi ochiq kuzatuv maydonchalariga ega eng baland binolardan biridir.

Minora balandligi bo'yicha O'rta Osiyo inshootlari orasida ikkinchi o'rinda turadi
(balandligi 420 metr bo'lgan Ekibastuz GRES-2 mo'ridan keyin)