Toshkent va shahar atrofidan topilgan arxeologik topilmalar

1986–1988 yillarda M.I. Filanovich Muzeyga Pinkat, Shoshtepa, Yunusobod Oqtepasi hududlaridan, shuningdek, Chilonzordagi Bog‘iston qabristonidan topilgan materiallarni topshirdi.

Ular orasida Shoshtepadan topilgan, X–XII asrlarga oid, hayvonlar tasviri tushirilgan sirlangan idishlar bo‘laklari, Pinkatdan topilgan, XII asrga oid epigrafik naqshlar, sopollar eʼtiborni tortadi. Natijada Muzey Toshkent va shahar atrofining miloddan avvalgi I asrning o‘rtalaridan boshlab to o‘rta asrlarning oxirlarigacha bo‘lgan davri tarixiga oid arxeologik topilmalar jamlanmasiga ega bo‘ldi. 

1990 yilda K. Alimov, V.S. Minasyans va P.I. Gendelman Muzeyga Yemishqazi shaharchasidan (Toshkent viloyati To‘ytepa shahri atrofida) 17 dona simob saqlashga mo‘ljallangan sopol idishlarni keltirishdi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (birinchi qism) kitob-albomida (XXVI jild,) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.