Toshkent viloyatida nechta madaniy meros obyektlari bor⁉️

 

Toshkent viloyati hududida 828 ta moddiy madaniy meros obyekti mavjud

Ulardan 588 tasi arxeologiya,
7 tasi arxitektura,
74 tasi monumental yodgorlik,
159 tasi diqqatga sazovor joylardir. 

Shuningdek, 223 tasi mahalliy va 605 tasi respublika ahamiyatidagi obyekt sirasiga kiradi.

Aytish joizki, 2016 — 2021-yillar davomida 18 ta madaniy meros obyektida taʼmirlash tiklash ishlari olib borildi. Ushbu maqsadlar uchun jami 18 milliard 582 million soʻm mablagʻ ajratildi.