Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Toshkentning eski shahar hududida art-rezidentsiyalar yaratish tashabbusini ilgari surmoqda.
Loyiha Alisher Usmonovning "Sanʼat, ilm va sport" xayriya jamgʻarmasi koʻmagida amalga oshirildi.
Ijodiy maskanni tashkil etish boʻyicha poytaxtning Olmazor tumanida joylashgan ikkita obʼyekt tanlab olingan.
Birinchi obʼyekt Namuna mahallasida joylashgan va anʼanaviy meʼmoriy koʻrinishi saqlab qolingan "Matkarimboy" madrasasi.
Ikkinchi obʼyekt esa eski bolalar bogʻchasi – Hastimom mahallasida joylashgan.
Taʼkidlanishicha, Toshkentdagi art-rezidentsiyalar Zamonaviy sanʼat markazining taʼlim yoʻnalishi uchun
platforma hamda mahalliy va xalqaro ijod vakillari oʻrtasida hamkorlik uchun xizmat qiladi.
Loyiha dizayn kontseptsiyasi Marokashdagi "Studio KO" meʼmorchilik byurosi bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.
