Ma'lum bo‘lishicha, Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan ob'ekt joyiga chiqqan holda o‘rganilgan.
Qurilish ishlarini ruxsatsiz boshlagani uchun esa “MIMAR GROUP MChJ”ga ogohlantirish xati berilgan.
Madaniy meros agentligi Toshkent shahar boshqarmasi vakili ta'mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor boshqarma ruxsatnomasisiz ishni boshlab yuborganini qayd etgan.
“Madaniy merosga kirgan ob'ektga tegilmaydi, uning atrofidagi abgor holatdagi ‘burchatka’lar yangilanadi.
Hozirgi holatidan ancha yaxshilanadi va piyodalar, velosiped yo‘lakchalari tashkil etiladi, bog‘ zamonaviy shaharsozlik talablari asosida yangilanadi.
Ta'mirlash jarayonida bu yerdan qatnovchi aholi va sayr qiluvchilar uchun noqulayliklar bo‘lishi mumkin va buning uchun uzr so‘raymiz”, — dedi tuman hokimi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Biroq “Madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra,
moddiy madaniy myeros ob'ektlari joylashgan yerlarda hamda ularga tutash hududlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish va
boshqa ishlar tegishli sohada davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar tomonidan ruxsatnoma berish orqali amalga oshiriladi.
Madaniy meros agentligining matbuot xizmati kotibi Mohinur Imomova boshqarmaga rekonstruktsiya loyihasi taqdim etilgani,
lekin tegishli ilmiy-ekspertiza kengashining xulosasi hali byerilmagani uchun mazkur qurilish ishlari vaqtincha to‘xtatilishini ma'lum qildi.