Tuproqqalʼa – Oʼzbekistonda joylashgan, maydoni 120 gektardan ziyod boʼlgan qadimiy shahar qalʼa ekanligini bilasizmi?

Tuproqqalʼa — qadimiy shaharqalʼa xarobasi sifatida, millodan avvalgi 3-4 asrdagi xorazmshohlar qarorgohi.
Hozirgi Beruniy shahar atrofidagi hududda joylashgan. 1938-1950 yillarda S. P. Tolstoye rahbarligidagi Xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan oʻrganilgan.



Toʻgʻri burchakli (500×350 m) boʻlib, gumbazsimon yoʻlakli va burjli mudofaa devori bilan oʻralgan.
Devorning mustahkam janub darvozasidan markaziy koʻcha oʻtgan. Koʻndalang tushgan koʻchalar shaharni 10 ta kvartal mahallaga ajratgan.
Tuproqqalʼaning madaniy qatlamidan, 6-asrgacha boʻlgan davrga oid ashyoviy materiallar chiqqan. 

Tuproqqalʼaning shimoliy sharqiy qismida maxsus koʻtarma supa (bal. 14 m, mayd. 80*80 m) ustiga xom gʻishtdan saroy qurilgan.
Unga yondosh qilib bal. 25 m li 3 ta minorasi boʻlgan ark binosi (mayd. 40×40 m) bunyod etilgan.



Arkga sharq tomonidan ko'tarma yoʻlak orqali kirilgan. Tuproqqalʼada 100 ga yaqin turar joy, xoʻjalik binolari va 8 ta saroy xonalari qazilgan.

Xonalar devori boʻrtma naqshlar va relyefli rangli haykallar bilan bezatilgan (Tuproqqalʼa  rasmlari va haykallari).
Tuproqqalʼaning sharqiy qismida qurol-aslaha ustaxonasi boʻlgan, u yerdan temir nayzalar, 3 parrakli oʻqlar, saroyning yemirilib ketgan
2 qavatidagi podsho arxividan esa teri va yogʻoch taxtachalarga yozilgan 100 dan ortiq hujjat topilgan.
Ular qad. xorazmiy gilida bitilgan (1—3-a.lar). Tuproqqalʼadan jun, shoyi, ip gazlama parchalari, boʻyra, rangli gilam, koʻplab haykal boʻlaklari,
sopol buyumlar va Kushon tangalari topilgan. Tuproqqalʼa sugʻorish inshootlarining buzilishi, harbiy toʻqnashuvlar natijasida xarobaga aylangan.


 

Darvoqe, Tuproqqalʼa antik davrda Xorazmiylar davlatining qadimiy poytaxti, katta davlatning tayanchi va Xorazmshohlarning qarorgohi boʼlgan, deb hisoblanadi.

Saroy balandligi 40 metrga yetgan. Tuproqqalʼa meʼmoriy majmuasi tarkibiga bir nechta saroylar, shuningdek, turar-joy binolaridan iborat shahar kirgan.

IV-asr boshlarida. shahar devorlari qayta bunyod etilgan, saroy qalʼaga aylangan. V-asrga kelib, Tuproqqalʼa biroz muddat oddiy aholi yashaydigan maskanga aylangan, keyin esa tashlab ketilgan.

#fakt Tuproqqalʼa arxeologik yodgorligi YuNESKOning Jahon merosi roʼyxatiga nomzod obidalardan! hisoblanadi.