Inson hayoti davomida borib ko'rishi shart bo'lgan 5 ta shahardan 2 tasi O'zbekistonda joylashgan!
Bular Samarqand va Buxoro hisoblanadi.
SAMARQAND - Jahon tamadduniga ulkan hissa qo'shgan qadimiy shaharlardan biri - Samarqand 2001-yilda YUNESKO tomonidan Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgani ta'kidlangan.
Shaharning muhtasham inshootlari, muzeylari, masjid va madrasalari har qanday didi nozik sayyohni ham hayratga soladi.
Ming yillar davomida forslar, arablar va turkiy qavmlar hukmronligi ostida bo'lgan Samarqand o'ziga xos madaniyatlar chorrahasini o'zida ifodalagan…
Samarqand — chinakam noyob shahar, deb atash mumkin! Samarqandning madaniy merosi juda katta.
Dunyoning eng buyuk shoir va faylasuflari uni - qalb bog‘i, sharq durdonasi, dunyoning ko‘zgusi va hatto yer yuzi deb atashganlarida ham, ular bu go‘zal shaharning barcha go‘zalligi va boyliklarini tasvirlab berolmagan bo‘lardilar.
Аsrlar davomida bu shahar Buyuk Ipak yo'lining asosiy markazi bo'lib kelgan.
XXI-asr boshlarida shahar YuNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga "Samarqand - madaniyatlar chorrahasi" nomi bilan kiritildi!
Shaharni ziyorat qilsangiz, siz bu yerda joylashgan tarixiy obidalarning sonidan hayratda qolasiz…
Shaharning gullab-yashnashi Amir Temur va uning avlodlari davriga to‘g‘ri keladi.
Aynan o‘sha paytda Samarqand Temuriylar qudratli imperiyasining poytaxti bo‘ldi.

BUXORO - O'zbekistonning eng muhim madaniy markazlaridan biri bo'lgan Buxoroning har go'shasidan tarix ifori ufurib turibdi.
Makka va Quddusdan keyin eng muhim islom markazlaridan biri bo'lgan ushbu qadimiy shahar me'moriy inshootlari, karvonsaroylari, masjid va madrasalari bilan ziyoratchilarni hozirgacha o'ziga jalb qiladi.
Buxoro – vohadagi shahar, cho‘lning qoq o‘rtasida joylashgan eng yirik aholi punktidir. Bir vaqtlar Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan shahar eng qadimgilardan biri bo‘lib, uning tarixi 2500 yildan oshadi.
Buxoro o‘zida qadimiy urf-odatlarning ko‘p asrlik tarixini Islom dini bilan mujassamlashtirdi. Hayratlanarli darajada donolik, muqaddaslik va ta’lim berish muhitiga ega bo‘lgan shahar.
Bir marta ushbu shaharda bo‘lganingizda, o‘zingizni go‘yo boshqa dunyoda va boshqa sayyorada bo‘lgandek his etasiz.
Madaniy, diniy, etnik sivilizatsiyalarning betakror aralashuvi Buxoroni unutilmas taassurotlar shahriga aylantirdi.
Buxoro – ilmiy, diniy va falsafiy bilimlar makonidir. Buxoro viloyati hududida zardushtiylar, xristianlar, yahudiylar, buddistlar yashagan. 9-asr oxirida Buxoro O‘rta Osiyodagi eng muhim Islom va madaniyat markazlaridan biriga aylandi.
Bu yerda o‘z davrining din arboblari va ilg‘or insonlari yashab, tahsil olishgan: Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Al Buxoriy va boshqalar respublikaning haqiqiy boyligiga aylangan.
Ular tasavvuf ma’naviy va falsafiy ta’limotlarining eng taniqli tarafdorlari edilar. Bu zaminda ular haqida xotiralar saqlanib qolgan.
Ular moddiy va nomoddiy yodgorliklarni yaratdilar, kashfiyotlar qildilar, aql bovar qilmaydigan darajada go‘zal madrasa va masjidlarini qurdilar.

U bu ta'rif va ma'lumotlarning barchasini o'zining "Ko'rmasdan turib hayotdan o'tmang!" sarlavhali maqolasida yozgan...