Turkiston avangardining noyobligi nimada bo‘lgan?

Turkiston avangardining noyobligi shundaki, bunda rus avangardi, u esa o‘z navbatida Yevropa avangardi yutuqlari, tajribasi Markaziy Osiyo anʼanaviy madaniyatining rassomlik tajribasi bilan uyg‘unlashgan.

1920 yillarda rassomlar shahar hayoti muhitini belgilovchi, anʼanaviy hayot, urf-odatlar, marosimlar bilan chambarchas bog‘langan, asrlar davomida xalqning estetik tasavvurlarini aks ettirgan anʼa naviy sanʼat bilan bevosita aloqada bo‘lganlar. Bundan maqsad, uning tabiatini his qilish, go‘zalligini va taʼsir kuchini baholash, ijod qilish uchun undan ilhom olish bo‘lgan.

Tadqiqotchilar yozganidek: «Turkiston ular uchun shunchaki etnografiya manzarasi emas, balki “avangard” dunyoqarash manbai bo‘lgan. O‘tgan asrlar badiiy merosidan nasl olgan mahalliy zaminda Yevropa “izm”lari o‘z sharqona ohanglariga ega bo‘ldi, anʼanaviy shakllar “avangard” tafakkuri bilan to‘lib-toshdi».

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼati muzeyi to‘plami” kitob-albomida (IX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.