Tuxum oqi surilgan o'zbekning xonatlasi

Buyuk ipak yo‘lida joylashgan shahar-vohalarda ipakdan gazlama tayyorlash san’ati ham juda rivojlangan.

Bu haqda gap ketganda, birinchi navbatda yetti xil rangda tovlanuvchi xonatlasni tilga olish lozim. U mehnat taqsimoti tamoyilidan foydalanilgan ustaxonalarda ishlab chiqarilgan. Markaziy Osiyoda abri matolar tayyorlash uchun iplar hali to‘quv dastgohiga o‘rnatilmasidan avval bo‘yalgan. Arqoq uchun ipak va paxta matolardan foydalanilgan. Shuning uchun ham ularning sifati turlicha bo‘lgan. Yuzasi yaltiroq bo‘lishi uchun mato tuxum oqi bilan yumshatilgan, keyin yog‘och bolg‘a yordamida savalangan. 

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Markaziy Osiyo madaniy merosi Yaponiya muzeylarida” kitob-albomida (XX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.