Ulug‘bеk rasadxonasi bilan Isfaxon rasadxonasi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

«Suvar al-kavakib» asarining «Arabe 5036» raqamli qo‘lyozmasi ko‘chirilgan sanasi ko‘rsatilmagan, chamasi, u taxminan 1435 yilda yoki undan sal keyinroq Mirzo Ulug‘bekning kutubxonasi uchun ko‘chirilgan.

Uning sahifasidagi kolofonda «mazkur tasvirlar (suvar) eng ulug‘ sulton, oliy Xoqon, turkiy va forsiy xalqlar shohlarining ustozi, sulton o‘g‘li sulton, Zahiriddin (...) Ulug‘bek Ko‘ragon o‘g‘lining kutubxona (xazina)si uchun nihoyasiga yetkazildi. Qudratli Alloh uning saltanatini abadiy qilsin (...)» yozuvini o‘qish mumkin. Hoshiyadagi bitik qo‘lyozmada Nasiruddin Tusiy o‘z qo‘li bilan keltirgan izoh ham bo‘lganini ko‘rsatadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, mazkur qo‘lyozma va Samarqandda Ulug‘bek farmoniga asosan, milodiy 1424—1429 yillarda astronomik kuzatuvlar olib borish uchun qurilgan mashhur rasadxona o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik bor. Shu maqsadda, u o‘z atrofiga bir guruh olimlarni, jumladan, Samarqanddan Alouddin Ali Qushchini, Salohiddin Muso Qozizoda Rumiyni va Iskandar Sulton Isfahonda qurgan rasadxonani 1415 yilgacha boshqargan matematik va astronom Jamshid Koshiy kabi olimlarni to‘pladi.

Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «MOVAROUNNAHR BЕZAKLI QO‘LYOZMALARI FRANSIYA TO‘PLAMLARIDA» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.