Ulug‘bеkka bag‘ishlangan asarlar haqida eshitganmisiz?

Ma’lumotlarda qayd etilishicha, 1438—1439 yillarda ko‘plab tuzatishlar va qo‘shimchalarni o‘z ichiga olgan astronomik jadval — «Ziji Sultoniy», ya’ni «Ziji Ko‘ragoniy» kitobi ko‘chirildi.

1449 yilda vafot etgan Ulug‘bekning fan va san’atga homiyligi haqida muhim dalillar ma’lum. U 1394 yil Sultoniyada (Eronda) tug‘ilgan, Shohruxning o‘g‘li va Temurning nabirasi edi. Mirzo Ulug‘bek atigi 15 yoshida — 1409 yilda Samarqand hokimi, 1411 yilda esa butun Movarounnahr hukmdori bo‘lgan. Rasadxonani qurishdan avval u 1417—1420 yillarda Samarqandda mashhur madrasa tashkil qiladi.

Uning o‘zi juda ham keng bilimli, shoir, xattot, matematik, shu bilan birga olimlar, musavvirlar va adiblarning himoyachisi bo‘lgan.

Shuningdek, bizga Ulug‘bekka bag‘ishlangan ba’zi asarlar — jumladan, G‘iyosiddin Jamshid Koshoniyning «Miftah al-hisob» (1427 yil, Rossiya milliy kutubxonasida saqlanadi), Sahhof Ramakiyning «Ansobi Mahmudiy» asarini yoki Abulvafo Buzjoniyning arixitektura va geometriyaga bag‘ishlangan tasvirli; 841/1436 yilda Samarqandda uning tabibi Burhoniddin Ibn Nafis Kirmoniy tomonidan yozilgan «Sharh Mujiz» («Ibn Sino Qonunlari qisqartmasi»ga sharh») asarlari ham ma’lum. Biroq ko‘plab asarlar bugungacha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «MOVAROUNNAHR BЕZAKLI QO‘LYOZMALARI FRANSIYA TO‘PLAMLARIDA» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.