UNESCO ro‘yxatiga kirishi kutilayotgan me’moriy obida yeri noqonuniy auksionga qo‘yildi!

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi “Chor Bakr” majmuasidagi yer auksion savdosiga qo‘yilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniy meros inspeksiyasi hamda Turizm va sport vazirligi huzuridagi
Madaniy meros agentligining joriy yil 17 yanvarda Buxoro viloyatida Xizmat tekshiruvi o‘tkazishi natijasida Buxoro tumani
“Shergiron” MFY hududida joylashgan davlat muhofazasiga olingan “Chor Bakr” (majmuasi) madaniy meros ob’ektining muhofaza tegralarida
yer uchastkalari ijaraga va mulk huquqi asosida noqonuniy elektron onlayn-autsionga qo‘yilgani aniqlanngan.

Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan joriy yilning 7 yanvar kuni (03-m/21-sonli) Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi
Buxoro viloyati boshqarmasiga yo‘llangan murojaat xatiga ko‘ra “Chor Bakr” majmuasi qo‘riqlanadigan tegrasidan
0,018 ga 6 ta jami (0,10,8 ga) bo‘sh turgan yer uchastkasini “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan chiqarib tashlash choralarini ko‘rishni bildirgan.

Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasiga
12 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi 1023-sonli qarorning
63-bandiga asosan madaniy meros ob’ektining qo‘riqlanadigan tegralari hududidan tanlangan
yer uchastkalari Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasiga yuborilganligi ma’lum qilingan.

Shuningdek, Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi 10 yanvar kuni (03-m/25-sonli) Buxoro tumani xokimiga,
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga qo‘yilgan 6 ta yer uchastkasini auksiondan chiqarishda hamda
“Chor Bakr” majmuasining muhofaza tegralarida tarixiy-madaniy muhiti, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolish
maqsadida uning muhofaza tegralarida barcha turdagi yangidan amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan tartibda
Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda olib borilishi yuzasidan murojaat yo‘llagan.

Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan 6 yanvar kuni Buxoro tumani “Nerigon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisini 1972 yilda imzolangan
Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya hamda Umumjahon merosi qo‘mitasining tegishli qarorlarining talablariga ko‘ra,
nomzodnoma ob’ektlar ro‘yxatiga kiritilgan yodgorliklar ham UNESCO’ning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ob’ektlar singari muhofazaga olinishi
shartligi belgilab qo‘yilganini hamda “Chor Bakr” majmuasi va uning muhofaza hududida hamda madaniy meros ob’ektlari va
ularning tegralarida tegishli ruxsatnomalarni olmasdan yer qazish, yer tuzish, bino, inshootlarni qurish yoki ularni buzish ishlarini amalga oshirgan taqdirda
amaldagi qonun talablariga binoan javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan.

Ushbu majmua UNESCO Umumjahon merosi ob’ektlari ro‘yxatiga kiritish mutaxassislar ishtirokida, ilg‘or va yuqori texnologik uskunalardan foydalangan
holda nomzodlik hujjatlari tayyorlanib, belgilangan tartibda UNESCO Umumjahon merosi markaziga taqdim etilgan. 

Holat yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Madaniy meros inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi tomonidan XVI-XX asrlarga mansub bo‘lgan ushbu
tarixiy yodgorlikning muhofaza qilinadigan tegralar hududidan ijaraga va mulk huquqi asosida 6 ta har biri 0,018 ga dan iborat yer uchastkalari berilishi amaldagi
qonun hujjatlari talablariga zid ravishda elektron onlayn-autsion orqali sotuvga qo‘yilganini inobatga olib,
holatga huquqiy baho berish maqsadida hujjatlar huquq-tartibot organi idoralariga yuborilgan.