O‘zbekiston davlat tarixi muzeyida XIX asr oxiri – XX asr boshlari dungan madaniyati va turmush tarziga oid uch yuzdan ortiq o‘ziga xos ashyolar to‘plami mavjud.
Ularning aksariyati Muzey ilmiy xodimlari, shu jumladan mashhur etnograf Turdi Mirgiyazov tomonidan 1927–1928 yillarda Qozog‘istonning Sho‘rtepa qishlog‘i va Qirg‘izistonning To‘qmoq, Pishpek shaharlari hamda Qora qo‘nguz qishlog‘idan to‘plangan. To‘plamning aksariyat qismini erkaklar ustki va ichki kiyimlari, ayollar va bolalar kiyimlari, kamarlar, bosh kiyimlar, poyabzal, ko‘krak, devor, eshik bezaklari, orastalik ashyolari va shu kabi buyumlarni saqlash uchun g‘iloflar tashkil etadi.
Milliy libos va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlari bezagi sifatida gulli naqshlar to‘qilgan Xitoy shoyi tasmasi, jiyak, kumush va tilla zar qog‘ozdan foydalanilgan. Mahsulotning yonlariga qora ip yoki ko‘pincha qora rangli matodan mag‘izlar tikilgan. To‘plamda, shuningdek, oq gazlamadan tikilgan yozgi va qishki, tantanalarbop va kundalik poyabzallar ham o‘rin olgan. Bunday poyabzallarni ishlab chiqarish oson bo‘lib, ilgari ular har bir dungan oilasida tikilgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.