Uzoq o‘tmishning VIII–XIV asrlariga, ya’ni somoniylar, qoraxoniylar va temuriylar davlatlari davriga borib taqaladigan Markaziy Osiyo hududidagi shaxsiy kutubxonalar va kitob fondlarining shakllanishi, paydo bo‘lishi tarixi alohida e’tiborga loyiq va shubhasiz hammada katta qiziqish uyg‘otadi.
O‘sha davrdagi shaxsiy kutubxonalarning rivojlanishiga davlatlarning iqtisodiy va madaniy holati, kitobga e’tibor qaratilishi, umuman, musulmon jamiyatiga xos bo‘lgan xususiyat, hukmron saroylaridagi homiylik ishlari va kitob mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sib borishi yaxshi ta’sir ko‘rsatdi. XIX asrda va XX asrlarning boshlarida shaxsiy kutubxonalar, ayniqsa, Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlardagi kutubxonalar jadal rivojlana boshlagan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi haqidagi boshqa ma’lumotlarni «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining qo‘lyozma va kitob merosi» ( XLI jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.