1921 yilda Buxoro Amirligi tugatilganidan bir yil o‘tib, tarixchi olimlar guruhi Buxoro arkiga boradilar. Va u yerdan katta hajmdagi hujjatlar to‘plamini Toshkentga olib keladilar.
Tarihdagi hujjatlarni o’rganarkansiz, qozichilik davrida ham qanchalar benuqson hujjatlar tuzilganiga amin bo’lasiz, hayratlanasiz!
Qozilik hujjatlarida shaxslar orasidagi quyidagi singari kelishuvlar rasmiylashtirilgan:
Sotuv hujjati– ko‘char va ko‘chmas mulkning to‘la-to‘kis sotilishi.
Garov hujjati– mulkni garovga qo‘yishning o‘ziga xos bir usuli.
Ijara hujjati – mulkni ijaraga berilishi haqida rasmiy hujjat.
Qarz olganlik haqida tilxat – qarz olayotgan shaxsning muayyan bir shaxsdan (ismi ko‘rsatiladi) ma’lum bir mablag‘ olayotgani va uni ko‘rsatilgan muddatda qaytarib berishi majburiyatini tasdiqlovchi rasmiy hujjat.
Vasiyatnoma – shaxslar nomidan tuziladigan, vafotidan so‘ng ular mulkining farzandlari yoki boshqa yaqinlari orasida taqsimlanishini tasdiqlovchi hujjat.
Nikoh shartnomasi – bu tur hujjatlarda ijtimoiy-iqtisodiy tarixga doir qiziqarli material mavjud.
Jamg‘armadagi yorliqlarning ba’zilari bizning kunlargacha yomon ahvolda yetib kelgan. Qog‘ozi yirtilgan, kemiruvchilar, hasharotlar tomonidan zarar ko‘rgan, yozuvlari o‘chib ketgan vahokozo…
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Tarixiy asarlar va hujjatlar»(XXI jild, 335-bet) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.