"Victoria & Albert Museum" O‘zbekistonning madaniy tashkilotlari, muzeylari va galereyalari bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda…
V&A rahbariyati bilan muzokaralarni oʻzbekistonlik diplomatlar olib bordi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi.
Muzokaralar davomida V&A va Oʻzbekistonning tegishli davlat tashkilotlari oʻrtasida madaniyat,
muzeylar, galereyalar, olimlar va hunarmandlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari belgilab olindi.

Rejalarga muzey eksponatlarini oʻrganish va ilmiy tadqiqotlar, jumladan Viktoriya va Albert muzeyi kolleksiyalari boʻyicha uzoq muddatli
qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish kiradi. Tomonlar muzey faoliyatini rivojlantirish borasida tajriba almashish,
muzey xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, madaniyat va san’at ko‘rgazmalarini o‘tkazish niyatida.

Britaniya muzeyi vakillari tegishli boʻlim va muzeylar bilan muzokaralar olib borish, shuningdek,
2022-yil sentabr oyida Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtadigan 2-Xalqaro hunarmandchilik festivalida ishtirok etish uchun
Oʻzbekistonga tashrif buyurish niyatida.