"Koreya va Markaziy Osiyo Buyuk Ipak yo‘lida"

Butunjahon O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi janob Yun Chji Van bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida "Ipak yo‘li durdonasi" kinofestivali bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Kinofestival doirasida Koreys kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi. "Koreya va Markaziy Osiyo Buyuk Ipak yo‘lida" kitob-albomini nashr etish bo‘yicha hamkorlik masalalari alohida muhokama qilindi, uning taqdimoti 2021 yilning oxiriga qadar bo‘lib o‘tadi.

Tarix fanlari nomzodi, MIXO (Yaponiya) muzeyining maxsus ilmiy xodimi kurator Sergey Laptev boshchiligidagi "O‘zbekistonning madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining ishchi guruhi yangi nashr bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan. Koreya to‘plamlarida saqlanayotgan noyob buyumlarga bag‘ishlangan albomning obyektlari tasvirlangan dastlabki katalog tuzib chiqilgan. Tasvirlar va annotatsiyalar Kyonchju milliy muzeyi va Koreyaning Markaziy milliy muzeyi (Seul) tomonidan taqdim etilgan, ular orasida zargarlik buyumlari, qurol-yarog‘ va turli xil metall buyumlar, shisha idishlar, tosh haykalchalar, shuningdek Kushon va So‘g‘diylar davriga oid boshqa noyob buyumlar mavjud.

Janob Yun Chji Vang kitob-albomni nashrga tayyorlashda har tomonlama yordam berishga tayyor ekanligini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston koreyslar uchun haqiqiy uyga aylangan, ular tarixiy vatanlari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatishmoqda va o‘z zaminida milliy madaniyatini rivojlantirishmoqda.
  

Kitob nafaqat turli mamlakatlardagi o‘quvchilarga koreyslarning Markaziy Osiyodagi tarixiy aloqalari to‘g‘risida maʼlumot olishga yordam beradi, balki O‘zbekistondagi koreyslar uchun qiziqarli va foydali bo‘lgan maʼlumotlar bilan ham tanishtiradi, ularga vatanining madaniyatlar va xalqlarni birlashtirgan Buyuk Ipak yo‘lidagi o‘rni haqida hikoya qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Koreya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi madaniy aloqalarni qadimgi davrlardan beri kuzatish mumkin, Samarqanddagi Afrosiyob ko‘xna shahrida qoldirilgan bitiklarga asoslangan holda, bu haqda ishonch bilan aytish mumkin: bitiklardan biridagi ikkita rasmni o‘zbek-sovet arxeologi, sanʼatshunos Lazar Izrailevich Albaum miloddan avvalgi I asrdan milodiy VII asrgacha mavjud bo‘lgan Koguryo davlatining elchilari sifatida talqin qilgan, Koreyaning asosiy dini buddizm ham, aynan o‘sha qadimgi vaqtlarda gullab-yashnagan Kushonlar davridagi O‘rta Osiyodan Koreyaga kirib borgan.



***
"O'zbekiston madaniy merosi dunyo to'plamlarida" loyihasining tadqiqot tashabbuslari O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, saqlash va ommalashtirishga qaratilgan. "Eriell Group" xalqaro neft xizmati kompaniyasi dunyo miqyosida loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama yordam berib kelmoqda.