Oqsaroyning prototiplari bo‘lganmi?

Oqsaroyning o‘tmishdoshi unga o‘xshash yana bir inshoot – XI–XII asrlarda bunyod etilgan Termiz hukmdorlari saroyi tipidagi bino ham bo‘lgan.

Ishlab turgan davrda mazkur bino saroy majmuasi bilan birga taʼmirlangan edi. Darvozaxona qismi mahobatli peshtoq bilan bezatilgan. Hovlining asosiy tikka o‘qida qabulxona – ko‘rinishxona joylashgan, ahamiyati pastroq inshootlar esa hovlining ko‘ndalang tik o‘qida joylashgan edi.

Mutaxassislar taxmin qilishlaricha, XI asrda saljuqiylar sultoni hukmronligi davrida qurilgan Shahriarkdagi hukmdor saroyi ham tuzilishi jihatidan Oqsaroyning prototipi sanaladi. Mazkur saroy xom g‘ishtdan terilgan ikki qavatli binoni o‘zida gavdalantirgan. Ushbu yodgorlikdagi asosiy narsa – O‘rta Osiyo binosozlik rejalarini tuzish usullari taraqqiy etishiga misol bo‘ladigan uning umumiy kompozitsiyasidir. 

Afg‘onistonda, Lashkargohda XI asrda barpo etilgan g‘aznaviylar saroyida ham Oqsaroyning tuzilishi tuzilmasiga o‘xshash jihatlarni ko‘ramizki, unda hovli atrofida ko‘ndalang o‘qli to‘rt ayvonlik imoratlar joylashgan edi.

Temuriylar hukmronligi davrida Oqsaroy ham, saroy-maʼmuriy meʼmorchilik majmualaridan tashqari hukmdorlarning shahardagi va shahardan tashqaridagi qarorgohi bo‘lib xizmat qilgan saroylarning boshqa bir kategoriyasi ham ustunlik qilgan edi. Ular ham tarixiy, ham tipologik rejaga ko‘ra yetarlicha o‘rganilgan. Bu saroylar asosan shahardagi va shahardan tashqaridagi eng yaxshi hududlarda barpo etilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida (11-12-sahifa) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.