WOSCU ilmiy maslahatchisi Eron madaniyat va islomiy irshod vaziri o'rinbosari bilan uchrashdi

Eron Islom Respublikasining poytaxti Texron shahrida “42 - FAJR” xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik kinoijodkorlar qatorida kinossenarist, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Badiiy kengashi aʼzosi, ayni paytda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va olmmalashtirish bo‘yicha Butundahon jamiyati ilmiy maslahatchisi Rustam Jabborov ham ushbu festival tadbirlarida ishtirok etdi.

Kinofestival mehmonlari Erondagi kino tashkilotlari, xorijlik kino ijodkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Kinofestival tashkilotchilari Texron yaqinidagi G‘azzoliy kino shaharchasiga sayohat uyushtirishdi. Bu yerda liboslar va rekvizitlar ishlab chiqarish ustaxonalari, studiyalar, qadimgi davr, o‘rta asrlar va yaqin tarixga oid pavilyonlar ishtirokchilarida qiziqish uygotdi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik mehmonlar Eron Kino tarixi muzeyida bo‘lib, ushbu mamlakat kinematografiyasi, eronlik kinoijodkorlar faoliyatiga oid osori atiqalar bilan tanishdilar.

O‘zbekiston vakillarini Eron Islom Respublikasi Madaniyat va islomiy irshod vazirining o‘rinbosari Muhammad Xazoiy qabul qilib, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalar rivojlanib borayotganini qayd etdi.

Muhammad Xazoiy 2023 yil oktyabr oyida o‘tkazilgan 15-Toshkent Xalqaro kinofestivalidan olgan taassurotlari haqida gapirdi.

“O‘zbekiston madaniy merosni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etishga ham  katta eʼtibor qaratilayotgan bizni juda quvontiradi, - dedi Muhammad Xazoiy. - Ikki xalqni birlashtirib turadigan rishtalar ko‘p, Biz kinofestival davomida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtrishi bo‘yicha Butunjahon jamiyati binosida bo‘lib, jamiyat faoliyati bilan ham tanishgan  edik. Ayni paytda bu jamiyat bilan aloqalarimizni yana-da rivojlantirish niyatidamiz.

Butunjahon jamiyati vakili Rustam Jabborov WOSCU nomidan Eronning Madaniyat va islomiy irshod vazirinig o‘rinbosari Muhammad Xazoiyga buyuk fors-tojik mutafakkiri  Saʼdiy Sheroziysning “Guliston” asariga XVI asrda Samarqandda ishlangan miniatyuraning faksimil nusxasini topshirdi.