WOSCU raisi "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi 80 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentining 2023 yil 27 dekabrdagi buyrug‘iga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan, mamlakatimizda ilm-fan sohasini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Butunjahon jamiyati raisi, san'atshunoslik fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Firdavs Abduholiqov  “O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining 80 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Firdavs Fridunovich Abduholiqov 2023 yilning 24 oktaybr kuni "O'rta asr sharq minatyurasida tarixiy shaxslar badiiy talqini" mavzusida san'atshunoslik fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD dissertatsiyasini yoqladi. 

Butun jahon jamiyati a'zolari va faollari nomidan Firdavs Firudunovichni ilmiy yo'nalishdagi yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz.