WOSCU tomonidan "Katta Langar Qurʼoni" Sulaymoniya kutubxonasiga tuhfa qilindi
O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) nomidan Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi chog‘ida Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasiga "Katta Langar Qurʼoni"ning qimmatli nusxasi tuhfa qilindi.