Xatton qasri yotoqxonalaridagi go'zallik

Ser Uilyam Barrell (1861–1958) Glazgodagi savdo kemalari egasi bo‘lgan.

U Misr, Mesopotamiya va O‘rta yer dengizidagi qadimiy artefaktlar, Yaqin Sharq, Hindiston, Markaziy Osiyo va Xitoydagi islom san’ati buyumlari, Yevropadagi O‘rta asr va Uyg‘onish davri san’ati namunalarini hamda Gʻarbning zamonaviy san’at predmetlarini o‘z ichiga olgan san’at asarlarining ajoyib kolleksiyasini to‘plagan. 8 500 dan ortiq nusxa predmetlarni o‘z ichiga olgan kolleksiya ser Uilyam sharafiga qo‘yilgan maxsus muzeyda ko‘rgazmaga qo‘yish maqsadida 1944 yilda ser Uilyam va uning raqifasi tomonidan Glazgo shahriga sovg‘a qilinadi. Birinchi va ikkinchi suratdagi yotoqxona karavotidagi so‘zana ham aynan o'sha to'plamlardan sanaladi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O'zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniya to'plamlarida" kitob-albomida (XLVI jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Xatton qasri  yotoqxonalaridagi go'zallik
Xatton qasri  yotoqxonalaridagi go'zallik