Xazinadagi bejirim shisha idishlar

Syosoin xazinasidagi bir qancha noyob kolleksiyalar haqida ma'lumot bergandik.

Ulardan yashqari xazinada bus-butun oltita shisha idish ham saqlanadi.  Yaponiyada VIII asrdan avval ham shisha ishlab chiqarilgan. Hozirgi Nara prefekturasining janubiy qismida joylashgan Asuka17 tumani hududida topilgan oyna bo‘laklari namunalari bu yerda qadimiy ustaxona mavjud bo‘lganidan dalolat beradi. Asuka-ike yodgorliklarida, shuningdek Syosoin xazinasidagi VIII asrga oid hujjatlarda shisha tayyorlash usullari bayon qilingan. Qadimda shisha tayyorlashning ikki usuli ma’lum bo‘lgan. 

Birinchisi – natriy-ohakli, bu hammaga ma’lum bo‘lgan kremniyga karbonat natriy va ohaktosh, ya’ni karbonat kalsiy qo‘shilib, birgalikda eritilgan. Ikkinchi usulda kalsiy o‘rnini qayishqoqligi yuqori bo‘lgan qo‘rg‘oshin egallagan. Ulardan tashqari,  bosh kiyim uchun mo‘ljallangan shishadan yasalgan taqinchoq, katta miqdordagi marjonlar, yoraku ziynatlari, budda ibodatiga oid buyumlar, shuningdek ko‘plab shisha  buyumlar bo‘laklari mavjud. Umuman aytganda, bu guruhga mansub buyumlarning soni  juda ko‘p.

Yuqorida aytib o‘tilgan bus-butun saqlangan oltita idishdan beshtasi natriyohaktoshli shishadan tayyorlangan bo‘lib, oltinchisi – o‘n ikki qirrali idish (midori 
ruri dzyuni tyoku-no nagasuki, Markaziy saqlash bo‘limi 72) yashil qo‘rg‘oshinli shishadan yasalgan. Taxminlarga ko‘ra, birinchi beshta buyum sosoniylar Eronida, oxirgisi  esa Tan Xitoyida ishlab chiqarilgan. 

Shisha idishlar Xitoyga Buyuk ipak yo‘li orqali kirib kelgan va shu yerdan Yaponiyaga o‘tgan, degan qarashlar ham bor. Biroq qayd etish kerakki, tezda sinib qoladigan shisha idishlarni quruqlik bilan emas, dengiz yo‘li orqali tashish ma’qul  bo‘lgan. Bu taxminni faqatgina faraz qilish mumkin bo‘lsa-da, ta’kidlash kerakki, shisha idishlarni tashishda bu imkoniyatdan ko‘proq foydalanilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Markaziy Osiyo madaniy merosi  Yaponiya muzeylarida” kitob-albomida (XX jild) tanishishingiz mumkin.