XVIII asrning oxiriga kelib, o‘zbek xonliklari hududlarida yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha mahalliy maktablar va markazlar rivojlana boshlagan.
Ushbu hunarmandchilik ayniqsa Xorazm, Qo‘qon, Toshkent va Buxoroda yahshi rivojlangan. Mazkur markazlarning amaldagi barcha mahsulotlari O‘zbekiston davlat amaliy sanʼati va hunarmandchilik tarixi muzeyining ekspozitsiyasi hamda fondlarida namoyish etilgan.
Birmuncha yorqinroq mahalliy uslubiy xususiyatlar Xorazm yog‘och o‘ymakorligida aniqroq ifodalangan. Bizning muzeyimiz XIX asrning ikkinchi yarmida ishlangan Xivaning o‘ymakorlik naqshlari tushirilgan ustunlari kolleksiyasi bilan faxrlanadi, zero uning butun yuzasidagi chuqur o‘yib ishlangan islimiy naqshlar o‘tgan asrda yashagan afsonaviy xorazmlik usta Ota Polvonov tomonidan handasaviy naqshlar va o‘ymakorlik namunalari bilan uyg‘un tarzda ishlangan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” kitob-albomida (XXXIX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.