XIX asrda O‘rta Osiyoda ustki kiyim sifatida to‘ndan foydalanilgan. Tikish uslubi, gazlama turi va tayyorlash markaziga qarab, ularning nomlanishi ham turlicha bo‘lgan. To‘nni erkaklar, ayollar, bolalar, o‘troq va ko‘chmanchi aholi, turli etnik guruh vakillari kiyganlar. Umuman olganda esa to‘n shahar-voha to‘qimachilik madaniyatining tarkibiy bo‘lagi sanalgan. Ustki kiyim uni kiyib turganning boyligi va obro‘sidan darak bergan.
Bir necha to‘nni ustma-ust kiyish rasmi bejiz bo‘lmagan. Erkaklar to‘ni anʼanaviy T simon shakl va uzun yengga ega bo‘lgan. Ko‘pincha yarim ipakli abr matodan (arqog‘i ipdan) tikilgan. Yoqasiga bir necha qator chok solingan. Astar o‘rnida rus ip gazlamasi qo‘llanilgan. Yoqadan etakkacha, etak va yenglarga jiyak tikib chiqilgan. Naqshi, rangi, tikish yo‘li, bichish va yalpi tashqi ko‘rinishidan, bunday to‘n XIX asrning so‘nggi uch o‘n yilligiga xos namunaligini taxmin qilsa bo‘ladi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Germaniya Federativ Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.