XIX-XX asrlarda O‘rta Osiyo mintaqasida qanday jaryon yuz berdi?

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida O‘rta Osiyo mintaqasini yevropalashtirish jarayonlari boshlanadi.

 

Mintaqaning Rossiya imperiyasi tarkibiga kirishi, uning kapitalistik munosabatlar tizimiga tortilishi jamiyat hayotining o‘zgarishiga, an’anaviy turmush tarzi, madaniyat, san’atga yangiliklar shabadasi kirib kelishiga olib keldi. Bular ayniqsa O‘zbekistonning yirik shaharlarida shunday sezildiki, ularda Rossiyaning markaziy qismlaridagi arxitektura siyohi barq urib turgan binolar paydo bo‘ldi. 

Shuningdek, yangi transport vositalari, sanoat korxonalari, banklar, bosmaxonalar, do‘konlar, fotoatelye, yevropacha maktablar, gimnaziya va boshqalar dunyoga keldi. Yevropacha uslub nafaqat arxitektura binolari qiyofasida, balki mahalliy bozorni to‘ldirib yuborgan kiyim-kechak, sanoat mahsulotlari, fotosuratlar, dastlabki pannolar, bosma mahsulotlarda namoyon bo‘ldi.

O‘sha davrda o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-madaniy sharoitda an’anaviy madaniyat rivojidagi ayrim turg‘unliklar O‘zbekiston badiiy madaniyatiga rassomlik, grafika, haykaltaroshlikka yangi Yevropacha shakllarni joriy etish zaruratini tug‘dirdi. O‘zbekistonda yevropacha uslubda ishlagan ilk rassomlar S. Yudin, I. Kazakov, M. Novikov, N. Karazin, R. Zommer bo‘lib, ular XX asr boshida o‘zlarining badiiy ifoda vositalarini boyitish va yangi syujetlar qidirib topish maqsadida yurtimizga kelishgandi. Ular qadimiy va o‘rta asrlarga oid arxitektura yodgorliklari go‘zalligidan, hunarmandchilik, an’anaviy turmush tarzi, urf-odatlar, tipajlardan hayratlanishgan. Rassomlarning asarlari mansub bo‘lgan yo‘nalish «etnografik realizm» nomini oldi.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.