XIX-XX asrlarda O‘zbekiston hududida matolarga qaysi uslubdagi gul bosilgan?

Usta uslubining o‘ziga xosligi naqshni yaratish jarayonida qolipni tanlash va tarkiblashni bila olishda namoyon bo‘lgan.

 

Har bir ustada bir necha o‘ntalab va hatto yuzlab qolip bo‘lgan. Naqshli qoliplar ko‘p yillar xizmat qilgan va meros bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston DSM ekspozisiyasida mehrob, bodom, anor va boshqa naqshli noyob qoliplar namoyish qilingan. XIX – XX asrlarning gul bosilgan gazlamalari kolleksiyasi ham juda qiziqarli. Astarchi ustalar astar bosmasi, chitgarchi esa donali mahsulotlar – ko‘rpachit, choyshab, bo‘g‘joma, dasturxon, pardalar, belbog‘lar, ot yopig‘i va boshqalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.