XIX-XX asrlarda O‘zbekiston hududida nimalar yordamida gazmolga gul bosilgan?

Gazmolga gul bosish san’ati – nafaqat naqshli ko‘rpalar, balki o‘yma qoliplardir, ularning yordamida matoga naqsh ham bosilgan.

N. A. Avedovaning ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekiston DSMda saqlanayotgan qoliplarning asosiy massasi 1936 – 1943 yillar oralig‘idagi davrda muzey xodimi N. V. Rusinova tomonidan gul bosilgan ip gazlamalar ishlab chiqarish bilan mashhur bo‘lgan turli qishloqlardan to‘plangan. Daraxtlarning mahalliy turlarida kesib olinadigan qoliplar tayyorlashda Buxoro va Xiva ustalari mashhur bo‘lgan.

Ushbu san’at turining paydo bo‘lishi tarixi juda qadimiy, yog‘och o‘yma qoliplar yordamida gazmolga bosma gul yaratishning texnologik usullari esa ko‘pgina xalqlarda mashhur. Buxoro, Samarqand, Urgut, Kattaqo‘rg‘on, Shahrisabz, Farg‘ona, Toshkent va Xorazm gazmolga gul bosishning O‘zbekiston hududidagi asosiy markazlari hisoblanadi.

Har bir markazning buyumlari kolorit, kompozisiya yechimlari va dekor mavzusiga ko‘ra ajralib turgan. Oxirgilari orasida – to‘pbarggullar va palmettalar, anor, bodom mevalari. Gazmolga gul bosish koloriti turli-tuman – sariq-qizil hamda qizil to‘q qizil tusdan ko‘k-qora tusgacha bo‘lgan.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.