Xorazm kulolchiligi

Xiva yaqinidagi Madir va Kattabog‘ qishloqlari Xorazm kulolchilik maktabining bosh markazlari sanaladi.

Xorazm kulolchiligining o‘ziga xosligi ham shakl, ham naqsh jihatidan namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, cheti tikka yasalgan katta laganlar – badiya keng tarqalgan. Mashhur turlardan yana biri guppi bo‘lib, unda sutdan qaymoq ivitilgan. Qo‘llanishidan kelib chiqib, bunday idishlarga bezak berilmagan.

Xorazm kulolchiligida bezaklar mavzulari u qadar xilma-xil emas. Asosan geometrik va gulli naqshlar ishlatilgan, narsalar va hayvonlar bilan bog‘liqlari esa kamroq. Geometrik naqshlarda girih o‘simliksimonlari sirasida esa, avvalo o‘simlik tanasi va novdasi ustunlik qiladi, gul va mevalar surati kam uchraydi. Parzoqgul o‘xshatmasining surati, narsalarga oid mavzular – pichoqlar, qurol, cholg‘u asboblari va taroq keng tarqalgan. Hayvonot dunyosiga doir mavzularga kelsak, qush tumshug‘i, shox, baliqlar, ilonizi tasvirlari ustunlik kasb etadi. Ularning shakli ko‘zga aniq tashlanmay, ko‘proq geometrik shakllarni eslatadi.
   
Madir va Kattabog‘ kulolchiligidagi bo‘yoqlar xilma-xilligi zangori yoki feruza ranglari orqali belgilangan, biroq ularning turfa tuslari bor. Xorazm maktabi ustalari bezak berishda maʼlum barcha uslublar orasida mo‘yqalamda chizishni afzal ko‘rishadi. Germaniyadagi Saksoniya Davlat etnografiya to‘plamlari muzeyida uchratishingiz mumkin.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Germaniya Federativ Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.