Xorazm va Buxoro Samarkand kandakorlik maktabi

Xorazm, Buxoro-Samarqand, Farg‘ona kabi o‘zbek kandakorligining mintaqaviy maktablari buyumlarining shakli, bezak xususiyati va naqsh berish usullari bilan alohida ajralib turadi.

Misol uchun, Xiva hunarmandlari ishlagan suv idishlarining yon tomoni chuqur o‘yib ishlangan qovurg‘ali va islimiy uslubidagi o‘simlik gulli naqshlar bilan bezatilgan.

Buxorolik kandakorlar S. Hamidov, M. Qurbonov va M. Mukarramov o‘zlari ishlagan laganlarining fonini o‘yma naqsh bilan bezashgan, o‘simlik gulli naqshlar o‘ramini esa xattotlik yozuvlari yoki mashhur Buxoro yodgorliklarining tasvirlari bilan mohirona tarzda uyg‘unlashtira olishgan

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” kitob-albomida (XXXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.