Amir Temur 1379–1380 yillarda, o‘zining to‘rtinchi yurishida, Urganchni qo‘lga kiritdi. Tez orada u shaharni tashlab chiqib ketishiga to‘g‘ri keldi va Xorazmda hukmronlik To‘xtamishxon tarafdorlaridan bo‘lgan so‘fiylar qo‘liga o‘tdi.
1380 yildan 1388-yilgacha Xorazmda tangalar To‘xtamishxon nomi bilan chiqarildi. 1388-yilda Amir Temur Xorazmga beshinchi yurishini uyushtirdi va To‘xtamishxon bilan uzoq davom etgan jangdan so‘ng Urganchni yana qo‘lga kiritdi. Amir Temur nomidan mis tangalar zarb etish shu davrdan boshlanadi.
1408–1409 yillarda Xorazm qisqa vaqt Jo‘ji ulusi tarkibiga kirdi. Bu davrda tangalar Shodibek nomidan zarb qilindi.
1410–1411 yillarda tangalar Oltin O‘rdada taxt uchun kurash olib borgan ikki xon – Temurxon va Jaloliddinxonlar nomidan zarb qilingan. 1412–1413 yillarda Shohrux Xorazmni yana temuriylar davlatiga qo‘shib oldi va bu tangalarda ham o‘z aksini topdi – Shohrux, keyinroq Ulug‘bek nomidan tangalar muomalaga chiqarildi.
Batafsil "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi, 47- jild, “Ichan-Qalʼa” davlat muzey-qo‘riqxonasi to‘plami» kitob-albomi o‘qishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell Group neft xizmatlari kompaniyasi.