Xorazmlik erkaklar cholvari

Shimlar – ishton, cholvar, cholvir, cholbir deb atalgan va paxtadan tayyorlangan bo‘zdan tikilgan.

 

Bichimi – ikki alohida poychasi pastga qarab toraytirilgan hamda har biriga ikkitadan qiyiq va romb shaklida og‘ qo‘yilgan. Yuqori qismiga belda mahkam turishi uchun chok – charmak qilingan. Uning bel qismida to‘qilgan oq rangli ip, ya’ni popukli ichkur qo‘yilgan. Bunday shimlar, ishtonlar deyarli to‘piqqacha tushib turgan va etik ichiga tiqilgan. Jundan tayyorlangan qishki shimlar yozgi ishton ustidan kiyilgan.

Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.