Xosildorlik ramzlari bo‘lgan gulli kashtalar

O‘zbekistonda kashtachilik sanʼati mintaqada shakllangan mazkur qadimiy hunarmandchilik sohasining boy anʼanalarini meros qilib olgan.

 

Kashtachilikning Buxoro, Nurota, Shahrisabz, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona kabi mahalliy turlari farqlanadi. O‘zbek kashtalari xorijda ham yuksak qadrlanadi. O‘zbek kashtado‘zlarining mohir qo‘llari bilan yaratilgan kashtalar xalqimizning tarixi, madaniyati va qalbi go‘zalligini aks ettirgan holda, dunyoning ko‘plab muzeylari ekspozitsiyalarini bezab turibdi.

Kashtalardagi gulli manzaralar orasida gulsapsar, chinnigul, lola, gultojixo‘roz, olma guli va boshqalar, mevalar orasida esa hosildorlik ramzi bo‘lgan anor, olcha, gilos, bodom, qalampir, ko‘knor boshi kabilarni uchratish mumkin. Tashqi ko‘rinishidan lola yoki nilufarga o‘xshash gullar tasviri qadimgi O‘rta Osiyo sanʼati asarlarida uchrab, zardushtiylik maʼbudi – hosildorlik homiysi Anaxita ramzlaridan biri bo‘lgan. 

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.