Xuroson tasavvuf maktabi qachon vujudga kelgan?

X – XI asrlardan boshlab dunyoviy yo‘nalish bilan bir qatorda islom dini negizida tasavvuf ta’limoti va uning musiqiy-she’riy an’analari vujudga kelgan.

 

Xurosonning yirik tasavvuf maktabi ham Movarounnahrdan uncha uzoq bo‘lmagan hududda ravnaq topgan. Keyinchalik so‘fiylarning maxsus xonanda va bastakorlari – qavvollar paydo bo‘lgan, so‘fiy musiqasida samo’, zikr, raqs atamalari vujudga kelgan. 

«Musiqa tinglash» masalasi ham so‘fiylik manbalarida turli bahs-munozalarga sabab bo‘lib, uning tarafdorlari ham, tanqidchilari ham paydo bo‘lgan. Bu jarayon tasavvuf amaliyoti va nazariyasining dunyoviy va ma’naviy yo‘nalishdagi asoslariga ta’sir qilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "O‘zbekiston musiqiy merosi Rossiya Federatsiyasi to‘plamlarida" kitob-albomida (VI jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.