XVII asrda Buxorodagi sharq miniatyuralarining o‘ziga xosligi

Miniatyura san’ati taraqqiyotining yuqori cho‘qqisi XVII asrda Buxoroda paydo bo‘lgan.

 

Adabiy manbalarda, ayrim miniatyuralardagi yozuvlarda o‘sha davr rassomlarining nomlari saqlanib qolgan. Xoja Gado, Mulla Behzod, Muhammad Amin, Muhammad Muqim, Avaz Muhammad, Muhammad Salim shular jumlasidandir. Imzolangan miniatyuralarga qaraganda, ular yuksak mahoratli rassomlar edi.

Institut kolleksiyasida «Shohnoma»ning (h. 1074/mil. 1664) qo‘lyozmasi mavjud, unda o‘zini kamtarinlik yuzasidan «iqtidorsiz» deb atagan Muhammad Muqimning imzolangan miniatyurasi saqlanadi. Muhammad Muqim Buxorodagi Abdul’aziz II ning saroyida yetakchi rassomlardan biri bo‘lgan. U aslida noyob iqtidor va sermahsullik qobiliyatiga ega edi, lekin shu bilan birga u o‘z ijodida sifatni hech qachon unutmagan. Uning imzosi tushirilgan yana bir qancha mniatyuralar ma’lum, bu uning imzolanmagan boshqa asarlarini aniqlashga imkon beradi.

«Shohnoma» qo‘lyozmasi asosan ikkita mohir rassom tomonidan bezatilgan va bir qancha miniatyuralar o‘rtamiyona rassomlar (ehtimol shogirdlar) tomonidan chizilgan. Usta rassomlardan biri, yuqorida aytib o‘tilganidek, Muhammad Muqim edi. Ikkinchi rassomning ismi aniqlanmadi. Ularning uslublari bir-biridan butunlay farq qiladi, biroq bu odatiy hol sanaladi. XVII asr O‘rta Osiyo miniatyuralarining o‘rganilishi Buxoro ustaxonalarida turli uslublarda ishlaydigan rassomlarning hamkorlik qilganini ko‘rsatadi. Ba’zilar Behzodning mumtoz uslubi qoidalariga amal qilib, yangiliklarni tafsilotlarga nisbatan qo‘llaganlar, xolos. Boshqalar bu tamoyillarni buzib, «Zafarnoma» ning 1628 yilgi Samarqand nusxasida ekspressiv barokko uslubini qo‘llaganlar. Boshqalar esa Boburiylar saroyidagi hind miniatyuralariga murojaat qilib, uzoq kelajakdagi tabiiy va me’moriy manzaralardan foydalangan holda rasm chizishda fazoviy yondashuvni qo‘llaganlar. 

Qadimiy qo‘lyozmalar haqida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi (XXV jild), “O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti to‘plami” (beshinchi qism, “Miniatyura va xattotlik”)da batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.