Yarim ochiq poyabzal - Chorik

Poyabzal tayyorlash har qanday boshqa hunarmandchilik turlari kabi hunarmandchilik va chinakam sanʼat o‘rtasidagi faoliyat bo‘lib kelgan.

Kosib ustalar poyabzallarni charmgar-ko‘nchilar oshlagan qo‘y (charm), echki (kayroqi, bo‘zi), ho‘kiz (bulg‘or) va boshqa turdagi terilardan tayyorlangan charmdan tikishgan. Charmlar har xil rangga bo‘yalgan.

Qishloq joylarda, etik bilan bir qatorda, yaxlit xom teridan tikilgan, qo‘njsiz yarim ochiq qo‘pol poyabzal – choriq ham kiyar edilar. Cho‘l va tog‘li hudud aholisi asosan qadimgi turdagi malla etik, mukki, choriq kiyishgan. Mukkiga o‘xshash, kalta etik – toshtovon, pishiq, oshlangan teridan tikilib, baʼzan esa past poshnali bo‘lgan. Ularning yana bir turi – uyurtma etik, poshnasiz, qayirma tumshuqli bo‘lgan. Poychaki poyabzallari yaxlit xom teridan tashqi tomondan choklab tikilgan. Qo‘njining balandligi tizzagacha yetgan. Poychaki to‘piqlari uzun chilvir arqon bilan bog‘lab qo‘yilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild,) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.