1867 yilda Vamberi Yevropada chop etilgan birinchi chig‘atoy tili darsligini tayyorladi, u tez orada ushbu mavzu bo‘yicha tan olingan asosiy ma’lumotnomaga aylandi va uzoq vaqt davomida Gʻarbda chig‘atoy tilining o‘rganilishiga katta ta’sir ko‘rsatib keldi.
«Ćagataische Sprachstudien» («Chig‘atoy tilini o‘rganish») deb nomlangan novatorlik kitobi ushbu sohadagi yangi boshlovchilar uchun mavzuga kirish kursi sifatida ishlab chiqilgan. U chig‘atoy tili haqida ma’lumot beruvchi kirish qismi, qisqacha grammatik tavsif, jildga kiritilgan chig‘atoycha matnlarga kirish bobi, ushbu matnlardan parchalar va qisqacha chig‘atoycha-nemischa lug‘atdan iborat.
Kitob mazmunidan ham ko‘rinib turibdiki, «chig‘atoy tili» atamasi Vamberi tomonidan juda keng ma’noda – avvalo u mumtoz adabiy matnlar tili sifatida, shuningdek, uchta o‘zbek xonligi: Xiva, Buxoro va Qo‘qon aholisining so‘zlashuv shevalari to‘laroq qo‘llanilgan.
Bu Vamberi tomonidan, asosan, O‘rta Osiyodan olib kelingan qo‘lyozmalardan tanlab olingan matnlarda o‘z aksini topgan, chunki jildda keng ko‘lamli matnlardan parchalar, aniqrog‘i esa Navoiyning mumtoz g‘azallaridan, diniy va tibbiy matnlardan parchalar, shuningdek o‘zbek xalq dostonlaridan parchalar keltirilgan.
1870 – 1880 yillarda Vamberining olim sifatidagi e’tibori asosan venger millatining kelib chiqishi va tiliga qaratilgan bo‘lsa-da, u o‘zi borgan O‘rta Osiyo mintaqalarining matnshunoslik an’analari bilan ham qiziqib ko‘rgan.
Bu haqda batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston madaniy merosi Vengriya Fanlar akademiyasi to‘plamida” (42-jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.