O‘zbekiston davlat tarixi muzeyida XIX asr oxiri – XX asr boshlari dungan madaniyati va turmush tarziga oid uch yuzdan ortiq o‘ziga xos ashyolar to‘plami mavjud.
Ularning aksariyati Muzey ilmiy xodimlari, shu jumladan mashhur etnograf Turdi Mirgiyazov tomonidan 1927–1928 yillarda Qozog‘istonning Sho‘rtepa qishlog‘i va Qirg‘izistonning To‘qmoq, Pishpek shaharlari hamda Qora qo‘nguz qishlog‘idan to‘plangan.
To‘plamning aksariyat qismini erkaklar ustki va ichki kiyimlari, ayollar va bolalar kiyimlari, kamarlar, bosh kiyimlar, poyabzal, ko‘krak, devor, eshik bezaklari, orastalik ashyolari va shu kabi buyumlarni saqlash uchun g‘iloflar tashkil etadi.
Majburiy unsur sifatida juda xilma-xil mavzuli yorqin rangdagi kashtalarning mavjudligi ko‘pgina buyumlarning o‘ziga xos xususiyati hisoblangan. Dungan ustalarining nafis, rang-barang kashtalari yuqori darajadagi ish sifati, turli xil manzaralar, g‘oyatda nozik ishlanmalari bilan ajralib turadi. Budda osori atiqalar tasvirlari, ibtidosi qadimgi Xitoy afsonalariga borib taqaladigan, tabiatni qadrlash bilan bog‘liq motivlar va timsollar kashtalar mazvusi bo‘lib hisoblanadi. Dungan kashtalarining asosiy bezaklari manzaralarini oq ko‘ngillilik tashkil etadi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.