Yosh sevishganlar tasviri

She’r o‘qiyotgan yosh sevishganlar juftligi va ularning yonida turgan xizmatchi ayol tasviriga alohida e'tibor bering.

 

Qo‘lyozmaning miniatyurada tasvirlangan bunday cho‘ziq shaklidan (bayoz yoki safina) tayyor she’rlarni she’riy to‘plamga ko‘chirishda foydalanilgan. Ko‘p hollarda bu mazkur nusxadagidek naqshli hoshiyalari bor qog‘oz yoki rangli qog‘ozda bajarilgan. 

Qaddi qomati kelishgan qiyofa tasviri XVI asr o‘rtalarida, Abdullazizxon hukmronligi davridagi ko‘plab miniatyuralarda uchraydi. Zarhal hoshiyadagi ikki misrali she’r sahifalardagi she’rlarning matniga aloqador emas. U Hofiz g‘azalining birinchi bayti hisoblanadi Shuning uchun ham u, tasvir kabi XVI asrda qo‘shimcha ravishda ishlangan. Shunday kitob o‘qib turgan oshiqlarning yana bir obrazi boshqa bir matnda tasvirlangan, bu Jomiyning «Yusuf va Zulayho» asari bo‘lib, 2014 yili kimoshi savdosida sotib yuborilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.