Ma’lumki, taniqli astronom as-Sufiy 903 yilda Rayda tug‘ilib, 986 yilda Sherozda vafot etgan.
U Isfaxonda Mir Alouddavla saroyida xizmat qilgan, yunon olimlarining astronomiyaga (falakiyotga) oid ishlarini tarjima qilgan va sharhlagan. Xususan, Ptolemeyning «Almagest» sharhini o‘zining kuzatuvlari bilan boyitgan hamda yulduzlarning yunoncha nomlarini arabchaga tarjima qilgan. U «Suvar al-kavakib» asarini 964 yilda nihoyasiga yetkazadi. Mazkur kitob avval boshdan tasvirlar bilan bezatilgan va uning dastlabki bezakli nusxasi muallifning o‘g‘li tomonidan amalga oshirilgan. Kitob sanasi milodiy 1009 yil bo‘lib, u Oksforddagi Bodlian kutubxonasida saqlanadi.
Risola arab tilida yozilgan.
Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «MOVAROUNNAHR BЕZAKLI QO‘LYOZMALARI FRANSIYA TO‘PLAMLARIDA» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.