M.Ye. Masson boshchiligidagi yana bir yirik ekspeditsiya 1939 yilda qazilayotgan Katta Farg‘ona kanali yo‘li qurilishida o‘tkazildi.
Kanalni qazish ishlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir necha qadimiy shaharlar, qabristonlar hamda ko‘plab arxeologik materiallarga boy boshqa yodgorlik majmualari orasidan o‘tgan edi.
Topilmalar orasi dagi Norin va Qashqadaryo oralig‘idan topilgan qozon (mil. avv. VII–VI asrlarga oid) alohida eʼtiborga molik. U yurib borayotgan takalar tasvirlari va nur belgilari ko‘rinishidagi dastaklar bilan bezatilgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (birinchi qism) kitob-albomida (XXVI jild,) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.