Muhammad Xudoyorxonning (1832–1886 yillar) fotosuratlari ham barmoq bilan sanarli darajada oz.
Uning hammaga yaxshi tanish fotosurati 1871–1872 yillari Turkiston albomiga joylashtirilgan. Qo‘qon xonligi 1876 yili o‘zaro shartnomaga binoan butunlay Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga qo‘shib olingan bo‘lsa-da, o‘sha paytdayoq xonlik taqdiri hal etib bo‘lingan edi.
Shu taxlit Qo‘qon xoni fotosurati albomga kiritildi, ammo Xiva xoni va Buxoro amirining suratlari bu yerda yo‘q. Holbuki Rossiya bu mamlakatlar bilan ham 1872 va 1873 yillarda o‘zaro shartnoma imzolashga yaqin turgan edi. (Ma’lumki, bu mamlakatlar Turkiston o‘lkasiga nisbatan rasman mustaqillik maqomini saqlab qolishdi). Xudoyorxon esa tezlik bilan siyosiy maydondan surib chiqarildi. Shu sababli uning surati siyosiy shaxs sifatida fotosuratchilarning qiziqish doirasidan chetda qoldi.
1875 yilda xonlik hududida qalqigan qurolli qo‘zg‘olon oqibatida Xudoyorxon Rossiya hududlariga panoh izlab, qochib bordi. 1876 yilda uni Orenburgga yetkazishdi. Shu yerdan Xudoyorxon uzoq muddatli Makka safariga – hajga jo‘nadi. Va hajdan qaytayotib 1886 yil Hirotda olamdan o‘tdi. Xudoyorxon bilan birga hukmronlik qilgan, birga yiqilgan, hamisha yonida turgan amaldorlarining ham suratlari yo‘q. Ammo eng so‘nggi xon – qo‘zg‘olonchilar 1875 yilda taxtga ko‘targan Nasriddinxon fotosurati bor. Aynan u 1876 yil Qo‘qon xonligi o‘z mustaqilligini butkul yo‘qotgani to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekishga majbur bo‘ldi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.