Samarqanddagi «Afrasiyob» muzeyi bilan tanishuv

Samarqanddagi «Afrasiyob» muzeyi bilan tanishuv

U kim tomonidan, qachon  qurilgan?

«Afrosiyob» muzeyi 1970 yilda meʼmor Bagdasar Arzumanyan tomonidan qurilgan.

Muzey qayerda joylashgan?

Muzey shaharning shimoliy qismida, qadimiy Afrosiyob manzilgohidan uncha uzoq boʻlmagan joyda joylashgan.

Muzey kolleksiyasida 22 mingga yaqin turli eksponatlar mavjud.

Muzey kolleksiyasi haqida

Muzey eksponatlari qadimiy manzilgohda olib borilgan qazish ishlari davomida topilgan va shahar tarixining turli davrlariga oid ashyolardir. Bular ossuariylar, qadimiy pichoqlar, pichoqlar, oʻqlar, tangalar, kulolchilik buyumlari, qadimiy qilichlar, pichoqlar,kamon o’qlari, tangalar qoldiqlari,  shuningdek, Samarqand Ixshid saroyining VII—VIII -asrlarga oid noyob freskalari.

Shuningdek, «Afrosiyob»  muzeyida antik davrda ishlagan kanalizatsiya tizimlari, qadimgi odamlar jasadlarining qoldiqlari va boshqa ko'p narsalarni ko'rish mumkin.

Darvoqe, muzeyning ochilishi Samarqandning 2500 yillik bayramini nishonlash davriga moslashtirilgan edi.