Multimedia nashri natijasida o'zbek etnik musiqasining noyob namunalari vataniga qaytadi
Butunjahon jamiyati, Eriell Group xalqaro neft xizmati kompaniyasining ko'magi bilan o'zbek etnik musiqasining ixlosmandlari uchun ajoyib sovg'a tayyorlamoqda: loyihaning ishchi guruhi Germaniya etnologiya muzeyiga qarashli Berlin fonogrammarxivining audiofondida faol izlanish ishlarini olib bormoqda.
"Dunyo muzeylari va institutlari fondlarida saqlanayotgan O'zbekiston musiqiy merosining oltin fondini yaratish" nomli multimedia loyihasi doirasida raqamlashtirish va musiqiy merosning eng yaxshi namunalarini O'zbekistonga taqdim etish bo'yicha shartnomalar imolanmoqda.
Berlin fonogrammarxivida saqlanayotgan o'zbek mumtoz musiqa namunalarini raqamlashtirish va O'zbekistonga qaytarish loyihasining birinchi bosqichi Konrad Adenauer fondi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Markaziy Osiyo, shu jumladan, O'zbekistonning musiqiy madaniyati bilan bog'liq yozuvlar Germaniya Etnologik muzeyi huzuridagi Berlin fonogrammarxivining butun dunyodan to'plangan audio kutubxonasida saqlanmoqda. To'plam 1900 yilda shakllana boshlagan va Ikkinchi Jahon urushi boshlangunga qadar sayohatchilar, tadqiqotchilar, kolleksionerlar tomonidan taqdim etilgan sharq xalqlarining an'anaviy musiqasi bilan bog'liq materiallar bilan faol ravishda to'ldirilgan. XXI asrning boshida arxiv 150 mingdan ortiq arxiv yozuvlaridan iborat edi.
1999 yilda Berlin fonogrammarxivining silindrsimon yozuvlari YUNESKO tomonidan Dunyo xotirasi reestriga kiritilgan.
Germaniyada boshqa yirik muzey tashkilotlari ham mavjud bo'lib, ularda O'rta Osiyo, Eski Turkiston va O'zbekiston musiqa madaniyati tarixi uchun qiziq bo'lgan obyektlar mavjudligi bo'yicha izlanishlar olib borilishi lozim.
