Qo‘qon muzey-qo‘riqxonasi tarkibiga oltita muzey va to‘rtta madaniy meros obidalari kiradi
Bular:
– Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi, asosiy binosi- Xudoyorxonning O’rdasida (saroyida) joylashgan;
– Amaliy sanʼat muzeyi (Jomiy masjid-madrasasi);
– Buyuk olimlar muzeyi (muzey uchun qurilgan maxsus bino);
– Adabiyot muzeyi (sobiq Davlat banki binosi);
– Muqimiy hujra-muzeyi (Sohibzoda Hazrat, Miyon Hazrat madrasasi);
– Hamza Hakimzoda Niyoziy uy-muzeyi (XIX asr anʼanaviy oʻzbek uyi);
– Norbutabiy madrasasi;
– Daxmayi Modarixon maqbarasi;
– Dasturxonchi madrasasi;
– Tepaqo‘rg‘on arxeologik yodgorligi.
Bugungi kunda jami eksponatlar soni 47 712 tani tashkil etadi.Ularni to‘ldirish borasidagi ishlar hali to‘xtamagan.