Mo'yi Muborak madrasasi bilan tanishing

Mo'yi Muborak madrasasi Hazrati Imom meʼmoriy ansamblining janubiy qismida joylashgan.

Bino kvadrat rejali boʻlib, uch tomondan hovli atrofida hujralar, gʻarbda mehrob, yon tomonlarida derazalar mavjud.

 Hovlining deyarli yarmini gumbaz bilan qoplangan maqbara binosi egallagan. Maqbara va madrasaning gʻarbiy devori oʻrtasida oltita ustun ustida ayvon koʻtarilgan.

 Madrasaga kirish eshigi burchakdan gʻarbiy devorga oʻrnatilgan boʻlib, kichik portal bilan bezatilgan.

 21-asrning birinchi o'n yilligida bino tubdan qayta tiklandi, rekonstruksiya qilindi va u har tomondan ko'rinib turadi.

 Hozirgi kunda madrasada kutubxona joylashgan. U Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxonning shaxsiy qoʻlyozma kutubxonasi negizida tashkil etilgan.

 Kutubxona fondi 20 mingdan ortiq bosma kitoblar va 2 mingdan ortiq qoʻlyozmalardan iborat. Markaziy zaldagi maxsus javonda mashhur Usmon Qur’oni  saqlanadi.